sábado, 16 de septiembre de 2006

kurolli kuchlari

kurolli kuchlari= Fuerzas Armadas
trad. СНИ

Eng munosib yoshlar – armiya safiga
14.09.2005 12:45
Mamlakatimiz Kurolli Kuchlari safida xizmat qilish uchun bugungi yoshlardan nafaqat jismoniy chiniqish, balki aqliy va ruhiy tayyorgarlik, yuksak saviya va bilim talab etiladi. Armiya saflarini amalda ana shunday yoshlar hisobiga to`ldirish va mustahkamlash uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish zarur?Mudofaa ishlari bo`yicha Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy hamda Buxoro viloyat boshqarmalari va tuman bo`limlari boshliqlarining Qarshi tumanida bo`lib o`tgan ikki kunlik o`quv-amaliy mashg`ulotlari ana shu mavzuga bag`ishlandi. Unda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar bilan ishlash, ularni chaqiruv punktlariga o`z vaqtida etib kelishini ta`minlash, yashash joylarida ota-onalar, mahalla faollari, uchastka inspektorlari bilan suhbat o`tkazish orqali chaqiriluvchilarning ijtimoiy ahvolini o`rganish bo`yicha mashg`ulotlar olib borildi.- Yaqinda yuz bergan Andijon voqealari harbiy xizmatchilardan yanada hushyorlik va yuksak mas`uliyat talab etilishini amalda isbotladi, - deydi Janubiy-g`arbiy maxsus harbiy okrugining tashkiliy-safarbarlik boshqarmasi boshlig`i Server Sotskiy. - Buning uchun Vatan posboni ona yurtini yurakdan sevishi, kerak bo`lganda undan jonini ham ayamasligi lozim. Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni saralash va tayyorlashda yoshlarning ana shu jihatlarini ham puxta o`rganish zarur.- Chaqiruv komissiyalari oldiga muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni saralashda ularning sog`ligi, bilimi, intellektual layoqati, jismoniy tayyorgarligi va oilaviy sharoitini aniqlashda xolisona yondashish vazifasi yuklatilgan, - deydi Qashqadaryo viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasining boshlig`i Munavvar Egamnazarov. - Mashg`ulotlarda mana shu masalalarga alohida e`tibor qaratildi.Ko`rgazmali amaliy mashg`ulotlar davomida chaqiriluvchilar ma`lumoti va jismoniy tayyorgarligi bo`yicha saralash bosqichidan o`tkazildi.
© O`zA. Materiallardan foydalanilganda manba ko`rsatilishi shart.


andaysa....

No hay comentarios: